Aksariyat yoshi ulug'larimiz har safar duoga qo'l ochganida eng ezgu niyatlari qatorida “O't balosidan asrasin”, degan tilakni ham kanda qilishmaydi. Bu bejizga emas, albatta. Zero, aytaylik bitta imoratni tikka qilguncha bir oilaning 5-10 yillab vaqti, shunga yarasha mablag'i ketadi. Birgina ehtiyotsizlik oqibatida kelib chiqqan yong'in esa nari borsa 1-2 soat mobaynida shuncha yillik mehnatni yoqib, kul qilishi hech gap emas.
Ayniqsa, yurtimiz sharoitida havo harorati sovib, elektr isitish moslamalariga yuklama oshgan ayni kunlarda nafaqat aholi xonadonlari, balki ijtimoiy soha ob'ektlari, ishlab chiqarish korxonalarida ham yong'in chiqish ehtimoli ortadi. SHu bois mamlakatimizda har yili kuz-qish mavsumini betalafot o'tkazish maqsadida 15 noyabrdan 15 dekabrga qadar “YOng'in xavfsizligi oyligi”ni o'tkazish an'anaga aylangan.
“Toshkent issiqlik elektr markazi” AJda ham har yili aynan qish mavsumi arafasida yong'inlar bilan bog'liq baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida “YOng'in xavfsizligi oyligi” o'tkaziladi. Bu yilgi oylik doirasida “Toshkent IeM” AJ hududida noyabr` oyi boshidan yong'in xavfsizligi choralari ko'rilib, ehtimoliy yong'inlarning oldini olish borasidagi ishlar kuchaytirildi.
Jumladan, birinchi navbatda, korxona ishchi-xodimlarning yong'in xavfsizligi bo'yicha bilim va ko'nikmalarini oshirish, ularda shaxsiy xavfsizlik madaniyatini shakllantirish, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob'ektlari hamda uy-joy fondini yong'in xavfsizligi talablariga muvofiq holga keltirish asosiy maqsad sifatida belgilanib, yong'inlarning oldini olishga qaratilgan targ'ibot va ishchi-xodimlar o'rtasida tushuntirish ishlari olib borildi. Bunga Favqulodda vaziyatlar vazirligining kuch va vositalari jalb etilib, yong'in xavfsizligi qoidalari hamda o'quv-taktik mashg'ulotlari o'tkaziladi.
Markazda tuzilgan yong'in xavfsizligi bo'yicha ishchi komissiyalari tomonidan barcha turkumdagi ob'ektlarda, ayniqsa, olovga moyilligi bor tsex, bo'lim uchastkalari va ishchi-xodimlar ko'proq ishlaydigan, to'planadigan boshqa ob'ektlarda keng qamrovli profilaktik-ogohlantiruv tadbirlari kuchaytirildi.
– “Toshkent IeM” filiali hududidagi barcha ob'ektlarda xodimlarning yong'in xavfsizligi qoidalariga rioya etishi yuzasidan har kuni kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, — deydi korxona bosh muhandisi, o'quv mashg'ulotlar boshlig'i U.Risqulov. — YOng'in o'chirish vositalarini to'g'ri holatda saqlash, belgilangan qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish, elektr jihozlarining holati va yonuvchi materiallarni saqlash me'yorlariga rioya qilish shular jumlasidandir. Ko'ngilli yong'in o'chirish brigadalarining muntazam o'quv mashg'ulotlari olib borilmoqda.
Korxona axborot xizmati