Ko'p yillik muammo echim topdi

    Mamlakatimizda 10 Iyun 2020 2031

    Qirqvolida qishlog'i umumiy qiymati 6 500 000 (olti million besh yuz ming) so'mlik TP-63 kVA rusumli yangi tok taqsimlagich bilan ta'minlandi.

    Bag'dod tumani Qirqvolida qishlog'ida istiqomat qiluvchi SH.Azizov va Z.Mirzaakbarovning tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga elektr energiyasidan shikoyat qilib murojaat yo'lladi. Unga ko'ra aholi xonadonlariga xizmat ko'rsatuvchi transformator nimstantsiyasi (TP) ko'zdan kechirilganda, unda ko'p marotaba ta'mirlash ishlari o'tkazilgani bilinib turardi.

    Aholining aytishiga qaraganda, mazkur TP bir necha marta hashar yo'li bilan ham ta'mirlatilgan ekan. Bir ikkita uyali aloqa kompaniyalarining antennalari ham ana shu liniyadan quvvat olishi esa, hududda muayyan vaqtlarda aloqa sifatining talab darajasida bo'lishiga ham o'z salbiy ta'sirini ko'rsatmay qolmagan, albatta.

    Murojaatni o'rganib chiqish davomida, tuman elektr ta'minoti korxonasi va tuman iste'molchilar huquqlarining himoya qilish jamiyatining birgalikdagi sa'y-harakati natijasida Qirqvolida qishlog'i umumiy qiymati 6 500 000 (olti million besh yuz ming) so'mlik TP-63 kVA rusumli yangi tok taqsimlagich bilan ta'minlandi.
    Hudud aholisi ko'p yillik muammoni bartaraf etilganidan mamnun holda tuman jamiyati va boshqa mas'ul idoralar vakillariga o'z minnatdorchiliklarini izxor qildi.


    Dilorom Mirzaeva,

    O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini
    himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi
    axborot xizmati