Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «K.Mnodavlat ta’lim muassasasi tasischisi X.Sh. va boshqalar o‘zaro til biriktirgan holda fuqarolarning ishonchiga kirgani ma’lum bo‘ldi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ular respublikaning olti viloyatida yashovchi 63 nafar fuqaroga Janubiy Koreyaga ishga jo‘natishni va’da qilib, jami 408 ming 800 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Qayd etilishicha, asosiy gumondor muqaddam sudlangan shaxs hisoblanadi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasifiribgarlik bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.