Tashrif davomida ikki davlat markaziy banklari oʻrtasida qoʻshma tadqiqotlar oʻtkazish boʻyicha Bitim imzolandi. Joriy yilgi tadqiqot toʻlov tizimlari ustidan nazoratga qaratilgan.
Ushbu tadqiqot Dongguk universiteti professorlarining faol ishtirokida oʻtkaziladi va ishlab chiqiladigan xulosa hamda tavsiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalda qoʻllaniladi.
Tashrif doirasida, shuningdek, dastlabki qoʻshma seminar boʻlib oʻtdi, unda Oʻzbekiston va Koreya toʻlov tizimlarining bugungi holati atroflicha muhokama etildi hamda toʻlov tizimlarini rivojlantirishning keyingi istiqbollari haqida taqdimot oʻtkazildi, deb xabar beradi Markaziy bank matbuot xizmati.