Qarorga koʻra, Oʻzbekiston va Koreya Hukumatlari oʻrtasida Iqlim oʻzgarishi boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi.
Mazkur bitim 2023-yil 1-iyun kuni Toshkent shahrida imzolangan.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirishga masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlaydi.