Tashrif doirasida vazir Nozim Xusanov va Koreya Respublikasining Kvangju shahar meri Li Yong Sob bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda N.Xusanov Kvangju shahrida 4,6 ming nafar oʻzbekistonlik fuqarolar vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borishi uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi aynan ushbu shaharda joylashib, unga yuklatilgan vazifalarni munosib tarzda bajarib borishida koʻrsatayotgan amaliy yordami uchun Kvangju shahar meri Li Yong Sobga minnatdorlik bildirdi.

Ushbu yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshirilishi kutilayotgan istiqbolli maqsadlar batafsil muhokama etilib, kelgusida har ikki tomonning harakatlari aniq belgilab olindi.

Uchrashuv yakunida Kvangju shahri meriga Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining maxsus tashakkurnomasi tantanali ravishda topshirildi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.