Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligiga, Koreyaning O'zbekistondagi elchixonasi va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) murojaat qilib insonparvarlik yordamini berish tashabbusi bilan chiqdi.

Insonparvarlik karvoni  Koreyaning O'zbekistondagi elchixonasi va  Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)  xodimlari tomonidan 9 may kuni Samarqand viloyati va 12 may kuni Andijon viloyati homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markaziga etkazib berildi.
14 may kuni Koreyaning O'zbekistondagi  elchixonasi konsuli - YOON JIWAN, ikkinchi kotib - KANG JIU, ikkinchi kotib - KANG YOOMIN, KOICAning O'zbekistondagi ofisi direktori – Son Sung Il, KOICAning O'zbekistondagi ofisini direktor o'rinbosari – Pak Mi, KOICA O'zbekistondagi ofisini koordinatori - Kang Moon Hee, KOICAning O'zbekistondagi ofisini koordinatori - Kim Min Jae ekspomarkazda joylashgan Toshkent shahridagi homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markaziga insonparvarlik karvoni bilan kelib tarkibida 9 xil birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari bo'lgan 500 dona ko'mak qutilarini topshirishdi.

Xayriya yordamini qabul qilish marosimida Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirning o'rinbosiri B.Parpiev va Toshkent shahar homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi mas'ul xodimlari ishtirok etishdi.