Oliy martabali mehmon majmua meʼmoriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari bilan tanishdi.
Vatanimizning 3 ming yillik tarixida yuz bergan eng muhim voqealarni, buyuk sarkarda va jahongirlar, alloma va mutafakkirlar, jadid bobolarimizning oʻlmas siymolarini va boshqalarni oʻzida ifoda etgan ushbu majmua Koreya delegatsiyasida katta taassurot qoldirdi.
Taʼkidlash joizki, mamlakatimizga tashrif buyurayotgan mehmonlarning Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan bunyod etilgan mazkur muhtasham majmua bilan tanishuvi anʼanaga aylangan.