Tomonlar keng koʻlamli Oʻzbekiston — Janubiy Koreya hamkorligining ikki tomonlama masalalari, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashdilar.
Siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi muloqotning yuqori suratlarda oʻsib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etilib, bu mamlakatlarimiz oʻrtasidagi alohida strategik sheriklikni yanada rivojlantirish va kengaytirishdan har ikki tomonning manfaatdor ekanligidan dalolat beradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021-yil dekabr oyida Koreya Respublikasiga amalga oshirgani davlat tashrifi yakunlari boʻyicha erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarni kompleks tarzda hayotga tatbiq etishning muhimligi eʼtirof etildi.
Kelgusi ikki va koʻp tomonlama uchrashuvlar jadvali, shu jumladan, joriy yili nishonlanayotgan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatilganining 30 yilligi doirasida oʻtkaziladigan tadbirlar yuzasidan kelishib olindi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.