32 yoshli aktyor o'tgan muddat davomida majburiy harbiy xizmatni o'tagan.

Philstarning ma'lumot berishicha, Li Min Ho tanaffusdan keyin “Qirol: Abadiy monarx” romantik-fantaziya teleserialida bosh qahramon rolini ijro etdi.

O'tgan hafta Filippin va Singapur matbuot vakillari bilan bo'lib o'tgan videomuloqotda aktyor 3 yil vaqt o'tganiga qaramasdan, kino olamini umuman tark etmaganday his qilayotganini aytgan.

“Uch yillik tanaffusdan so'ng, o'zimni kino olamida begona emas,  o'z olamimida ekanligimni his qildim. Menga berilgan rolni avvalgilaridan ham yaxshiroq ijro etishga butun e'tiborimni qaratdim, deb o'ylayman. SHunday qilib, men buni haqiqatga aylashtirish uchun juda ko'p ishladim.

Hozir sizlar bilan suhbatlashib o'tirarkanman ertaga drama boshlanishini oldidan ko'p narsalar xayolimdan o'tyapti. Tashvishlanish va hayajonlanish bor.”, degan Min Ho.

YAngi “Qirol: Abadiy monarx” teleserialida aktyor hozirgi Koreya Respublikasining parallel olamidagi Koreya Qiroli Li Gonni ijro etdi. Garchi, u teleserialda “barkamol” hukumdor deb tan olingan bo'lsa-da, u bolaligida otasi (qirol)ning o'ldirilganiga guvoh bo'ladi va o'zi ham fojeadan arang tirik qoladi. SHundan keyin, u saroyni “halokatli jang maydoni” sifatida biladi.

SHuningdek, teleserialda u o'zining sirli “qutqaruvchisi”ni ko'p yillar davomida qidirishi ortidan tasodifan boshqa olamga borib qoladi va u erda detektiv Jung Tae Vul (Goblin yulduzi Kim Go YUn) bilan uchrashadi.

Li Min Ho teleserialdagi partnyori haqida shunday deydi: “Kim Go YUn bilan ishlash imkoniyatiga ega bo'lishni xohlaganman. CHunki uning turli xil asarlarda takrorlanmas obrazlar gavdalantirganini ko'rganman. Men u bilan ishlashdan juda mamnun bo'ldim. U haqiqatda turfa jozibalarga ega. S`yomka jarayonida, ba'zan u menga singil kabi munosabatda bo'ldi. Ba'zida esa, ancha yosh singilga ham aylanib qoldi. O'ylaymanki, teleserial orqali muxlislar uning mahoratiga to'laroq guvoh bo'la olishadi”.

Videomuloqot davomida aktyor nima uchun aynan qirol rolini tanlagani haqida ham to'xtalib o'tdi.

“Men harbiy xizmatdan so'ng qanday dramatik rol yaratishni xohlayotganim to'g'risida ko'p o'yladim. Bir nechta stsenariylarni ko'rib chiqdim. Ular orasida “qirol” rolini o'ynash men uchun noyob imkoniyat bo'ldi.

Qolaversa, men gavdalantirmoqchi bo'lgan xarakter ham aynan qahromonim ichki olamida bor edi”.

SHuningdek, Min Honing qo'shimcha qilishicha, stsenariy muallifi Kim YUn Su bilan muvaffaqiyatli “Vorislar” teleserialidan 7 yil o'tgach yana birga ishlash imkoni bo'lgani va yozuvchiga nisbatan ishonchi ham asarni tanlash qaroriga sabab bo'lgan. 

Nurillo To'xtasinov

tarjimasi