Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 29 yilligiga bagʻishlab “Sen qudrat manbai, saodat maskani, jonajon Oʻzbekiston” mavzusida onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Rossiya, AQSH, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Litva, Finlyandiya, Estoniya, Tojikiston, Latviya, Janubiy Koreya va boshqa davlatlardagi vatandoshlar jamiyatlari, diasporalar va madaniy markazlar vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvda koʻp sonli vatandoshlar tashabbusi hamda mamlakatimizning Koreyadagi elchixonasi va TMMAning Koreyadagi vakolatxonasi hamkorligida Koreyadagi oʻzbekistonliklar uyushmasi tashkil etilgani eʼlon qilindi.
Uyushma oʻz yurti, xalqi, madaniyatiga befarq boʻlmagan vatandoshlar tashabbusi bilan roʻyxatdan oʻtkazildi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.