Koreyalik investorlar yangi zavod bunyod etadi

    Sanoat 15 Yanvar 2021 1652

    Toshkent viloyat hokimining investitsiya masalalari boʻyicha oʻrinbosari Jamshid Abdusalomov va yurtimizga tashrif buyurgan Koreya Respublikasining “CARIS” kompaniyasi vitse-prezidenti Li Jong Chul boshchiligidagi delegatsiya vakillari oʻrtasida hamkorlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

    Muloqot chogʻida viloyat hududida “CARIS” CO LTD kompaniyasi tomonidan yangi texnologiyalar asosida yoʻl boʻyi xavfsizlik toʻsiqlarini PVX (polivinilxlorid) xomashyosidan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi zavod bunyod etish va loyiha uchun yer maydoni ajratish xususida soʻz bordi.

    Loyihaning umumiy qiymati 12 million AQSH dollariga teng boʻlib, unda 100 ta ish oʻrni yaratilishi koʻzda tutilmoqda. Uchrashuv davomida loyihaning tashkiliy jihatlari koʻrib chiqilib, Oʻzbekiston-Koreya davlatlarining ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari eʼtirof etildi.