Ijodkorlar mamlakatimizning boy madaniyati, urf-odatlari, sayyohlik imkoniyatlari, qadimiy shaharlari, madaniy va tarixiy joylari, dam olish maskanlari, gastronomiya va hunarmandchilik an’analari, shuningdek, sayyohlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida maxsus ko‘rsatuv tayyorlab, «CNA» kanali orqali namoyish etadi.
Ma’lumot uchun, Seul xorijiy muhbirlar klubi 1956-yil 1-iyunda Seul shahrida tashkil etilgan bo‘lib, mazkur klub xorijiy OAV muhbirlari uyushmasi hisoblanadi. Hozirda 500 ga yaqin a’zolari orasida 100 dan ziyod xorijiy OAV muhbirlari faoliyat yuritadi.
«Channel News Asia» 1999-yil mart oyida Singapurda «Mediaorp» kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan ingliz tilidagi Osiyo yangiliklar yetakchi kanali hisoblanadi. Bosh qarorgohi Singapurda joylashgan bo‘lib, 27 ta mamlakatda o‘z muxbirlariga ega.
Dasturga asosan delegatsiya mamlakatimizning Toshkent shahri, Samarqand va Xorazm viloyatlarining tarixiy-madaniy, diqqatga sazovor joylarda tasvirga olish ishlarini olib borishi rejalashtirilgan, deb xabar beradi Madaniyat va turizm vazirligi matbuot xizmati.
Mazkur telekanalning nafaqat Janubiy Koreya, balki Osiyo va yevropa mamlakatlarida reytingi yuqori bo‘lib, O‘zbekiston haqidagi lavhalarning efirga uzatilishi respublikamizning turizm salohiyatini samarali targ‘ib etishga va ushbu mamlakatlardan keladigan sayyohlar oqimini ko‘paytirishga xizmat qiladi.