Mazkur lavozimni Koreyaning nufuzli universiteti bitiruvchisi Radjiyev Ayubxon Baxtiyorxonovich egalladi. Ayubxon Radjiyev KAIST (Korea Advanced Institute of Science and Technology) - Koreya Ilgʻor ilm-fan va texnologiyalar institutining bakalavr hamda UNIST (Ulsan national Institute of Science and Technology) - Ulsan Ilm-fan va texnologiyalar milliy institutining magistratura yoʻnalishini tamomlagan.

Ayubxon Radjiyev taʼlim tizimida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Nazorat materiallari bankini shakllantirish va sinovlarni tashkil etish boʻlimi boshligʻi, Uzluksiz taʼlim sifati monitoringi bosh boshqarmasi boshligʻi, Taʼlim sifati monitoringi bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

Shu kunga qadar A.Radjiyev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boshqarmasi boshligʻi vazifasida faoliyat yuritgan.