Bogʻ ichidagi piyodalar yoʻlaklari taʼmirlanib, tungi chiroqlar hamda chiroyli oʻrindiqlar oʻrnatildi. Qurib qolgan daraxtlar olib tashlanib, yangidan manzarali daraxt koʻchatlari oʻtqazildi.

Istirohat bogʻi mamlakatimiz mustaqilligining oʻttiz yilligi bayrami arafasida foydalanishga topshiriladi.

Roʻzimboy HASAN,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri