Pandemiya boshida bolalar kattalarga nisbatan kam kasallanib, nisbatan yengil oʻtkazgan edilar. Lekin hamroh kasalliklari, yaʼni rivojlanish nuqsonlari, endokrin buzilishlar, allergik kasalliklar, onkologik patologiyalar, immuntanqis holatlari bor bolalarda ushbu kasallik sogʻlom bolalarga nisbatan ancha ogʻir kechadi.

Bolalar yana infeksiya tashuvchilar boʻlib xisoblanib, ularda koronovirus infeksiyasi belgilari deyarli katta farq qilmaydi – isitma, yuqori xarorat, konyuktivit, mushaklarda ogʻriq, oshqozon-ichak trakti buzilishlari. Biroq bolalarning ota-onalari bola kasallik oʻtkazgandan keyin xam unga eʼtiborli boʻlishlari talab qilinadi.

Olimlarning taʼkidlashicha, bolalardagi koronavirus asoratlaridan biri bu multiyalligʻlanish sindromidir. Bu SOVID 19ga kechiktirilgan immunologik javobdir. Bu bolada kasallik simptomli yoki simptomsiz oʻtishidan katʼiy nazar kelib chiqishi mumkin boʻlgan holatdir. Maʼlumotlarga koʻra, taxminan 2-3 xafta oʻtgach, limfa tugunlari kattalashishi, harorat koʻtarilishi, toshmalar toshishi, konyuktivit, kaft va oyoqlarda shish paydo boʻlishi bilan boshlanishi mumkin.

Agarda bolalarda bunday holatlar kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qilish, maʼlum tekshiruvlar oʻtkazish va davolash uchun kasalxonaga gospitalizatsiya qilish tavsiya etiladi.

Shuning uchun ushbu kasallik bolalarda yengil oʻtadi deb befarq boʻlishimiz kerak emas va xozirgi kunda ularning salomatligiga eʼtiborliroq boʻlish talab etiladi.