COVID-19 xavfli infeksiya boʻlib, uning aholi orasida tarqalishini nazorat qilish juda murakkab. Shunga qaramasdan, ushbu infeksiyani bunday tez suratlarda tarqalishini toʻxtatish oʻz qoʻlimizda: buning uchun shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, immunitetni mustahkamlash va kasallik yuqtirgan odamlar bilan muloqot qilmaslikning oʻzi kifoyadir.

Koronavirus kasalligi davrida parhez organizmni ozuqaviy moddalar, oqsil, yogʻ va karbonsuv, ovqat tolalarni, vitaminlardan A va D turlari, mineral modadalardan kalsiy, fosfor,magniy, kaliy, rux, selenga boy sogʻlom oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilishni talab etadi.

COVID-19 davrida tavsiya etiladigan oziq-ovqatlar roʻyxati:

1.Bulyonlar yoki sabzavotli shoʻrvalar;

2.Bugʻlangan kotletlar va goʻshtli sufle (mol, tovuq, kurka goʻshti); 3.Qaynatilgan yoki bugʻlangan baliq goʻshti (sudak, treska, xek); 4.Fermentlarga boy sut mahsulotlari (kefir, yogurt);

5.Tvorog va undan pishirilgan pishiriqlar (sufle);

6.Tuxum (omlet shaklida);

  1. Yaxshi qaynatilgan yormalar;
  2. Qaynatilgan yoki bugʻda pishirilgan sabzavotlar;
  3. Kartoshka pyuresi, muss, jele;
  4. Pishgan olma; limonli choy, kompotlar, sutli kakao

Oʻtkir infeksiyali kasalliklarda vitaminlar va minerallarga boʻlgan talab ortadi.

Oqsilning ahamiyati-virusli infeksiya paytida oqsilga boʻlgan ehtiyoj ortadi. Kasallikning oʻtkir davrida oqsil yoʻqotilishi kuniga 150-200 grammga yetishi mumkin!

Agar Siz oqsil tarkibiy qismini qoplay olmasangiz, tanangiz juda tez toliqadi, infeksiyaga qarshi kurash kechikib, kasallik jarayoni va tiklanish bashorati yomonlashadi;

Shuning uchun, yetarli miqdordagi oqsil miqdori ovqatlanishda alohida ahamiyatga ega. Kasallik paytida ishtahaning pasayganligi sababli, oqsil aralashmalari oqsil manbai uchun juda yaxshi tanlovdir.

Ular deyarli har qanday ovqatga: shoʻrvalar, bulyonlar, kartoshka pyuresi, sufle, yorma va boshqalar;

Ichimliklardan kompot, mevali ichimliklar, sharbat va hatto choyga ham qoʻshim isteʼmol qilish mumkin.

Bemorlar uchun nutritsiologlar, ovqatlanish sohasi mutaxassislari COVID-19 yuqtirgan shaxslarni qanday ovqatlanishlari kerakligi borasida tavsiya berib borishadi.

Ushbu kasallikda 2-parhez buyuriladi.

Bu parhez odatda meʼda sekretori faoliyati yetarli boʻlmagan kasalliklar uchun ishlatiladi (gastrit va kolit).

Bu ratsion yoʻgʻon tolalarni cheklash bilan bogʻliq. Bundan tashqari, koronavirus yuqtirgan bemorlar achchiq ovqat, ziravorlarni isteʼmol qilishlari tavsiya etilmaydi. Oziq-ovqat mahsulotlari toʻgʻralgan shaklda tayyorlanishi kerak. Dudlangan mahsulotlarni butunlay isteʼmoldan cheklash shart! Shu jumladan, konserva mahsulotlarini ham isteʼmol qilish mumkin emas.

Koronavirus infeksiyasi bilan ogʻrigan bemorlarning asosiy taomlar ratsioniga yogʻsiz goʻsht, baliq va parranda goʻshtidan (terisiz va qoʻpol qoʻshimchalarsiz) iborat boʻladi.

Tuzalgandan soʻng, bemorlar 15-sonli parhezga oʻtishadi — bu esa aslida deyarli toʻlaqonli ovqatlanish hisoblanib, bunda oziq-ovqat cheklovlarini nazarda tutmaydi. Koronavirusga chalingan bemorlar toʻgʻri ovqatlanishdan tashqari, vitaminlar majmuasi, askorbin kislotasi, tomirlar devorini mustahkamlash uchun P-vitamin kerak boʻladi.

F.L. Azizova,

Bolalar, oʻsmirlar va ovqatlanish gigiyenasi kafedrasi dotsenti, tibbiyot fanlari doktori,

N.J. Ermatov,

kafedra mudiri tibbiyot fanlari doktori