PZR – yuqori nafas yoʻllari shilliq qavatidan olingan namunada koronavirusning genetik materiali bor-yoʻqligi aniqlanadi.
Nisbatan tez va ogʻriqsiz kechadi. Kasallikning yashirin davrida ham barvaqt tashxis qoʻyish imkonini beradi.
Antitela ekspress test usuli mavjud - kasallikning kechish darajasini aniqlab beruvchi qoʻshimcha tekshiruv usuli.
Qon namunasida koronavirusga qarshi organizmda ishlab chiqarilgan antitelalar mavjud-mavjud emasligini aniqlash mumkin.
Kasallikning qaysi davrida qaysi usul samarali?
Ekspress testlar orqali kasallikning inkubatsion davrini, PZR usulida esa virusga nisbatan organizmda immunitet bor-yoʻqligini aniqlab boʻlmaydi. Kasallik belgilari mavjud boʻlgan bemorlar uchun har ikki usul ham samarali.