Mutaxassislar namlik, atrof-muhit harorati va shamol tezligining virus zarralari  tarqalishiga ta'sirini o'rganishdi.

Shunday qilib, nazariy modellashtirish va gidrodinamik tajribalarning natijalari shuni ko'rsatdiki, SARS-CoV-2 koronavirusining hayotiyligi yuqori bug'lanish darajasi tufayli issiq harorat va past nisbiy namlikda sezilarli darajada pasayadi. Biroq, issiq va nam ob-havo sharoitida COVID-19ning tarqalish darajasi yuqori bo'lib qolmoqda, deyiladi tadqiqotda.

Olingan ma'lumot olimlarga nega iyul oyida nam va issiq iqlimi bo'lgan mamlakatlarda pandemiya keskin avj ola boshlaganini tushunishga imkon berdi.