Gonkong Politexnika universiteti olimlari oʻtkazgan tadqiqot natijalariga koʻra, yangi tipdagi koronavirus mutatsiyasini toʻxtatib, odam organizmiga moslashib olgan va yana-da yuqumli virusga aylangan boʻlishi mumkin, deya xabar berdi “South China Morning Post” nashri. Bir guruh olimlar iyunning oxiridan buyon turli infeksiya oʻchoqlaridan olingan namunalarni tahlil qilishdi. Ular kasallikning hozirgi uchinchi toʻlqinida virusni yuqtirgan bemorlarning hamda oldinroq olingan namunalarning shtammlari orasidagi genetik oʻxshashlikni aniqlashdi.

Koronavirus birinchi va ikkinchi toʻlqin vaqtida mutatsiyasini davom ettirgan. Buni oʻsha paytda oʻtkazgan tadqiqot natijalari ham tasdiqlaydi. Bu safar natijalar mutlaqo boshqacha. Virus mutatsiyasini toʻxtatib, odam organizmiga moslashganini yoki ushbu odamlarning hammasi virusni bitta joyda va bir vaqtda yuqtirganini anglatadi», — deb hisoblaydi Politexnika universiteti dotsent Jilman Siu. Xitoy universiteti professori Devid Xueyning fikricha, virus odam organizmiga juda yaxshi moslashib olib, dastlabki ikki toʻlqindagidan koʻra zararliroq infeksiyaga aylangan.

Bundan tashqari, olimlar mahalliy va xorijda yuqtirilgan namunalarning shtammlari oʻrtasida yuqori darajada genetik oʻxshashlikni aniqlashdi. Professor Siuning soʻzlariga koʻra, aksar COVID-19 yangi oʻchoqlarining manbai xorijdan olib kelingan holatlar hisoblanadi.