«Koronavirusga qarshi vaksina bilan, xavflilik darajasidan kelib chiqib, dastlab 65 yoshdan yuqori boʻlganlar, tibbiyot xodimlari, xalq taʼlimi va maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, xorijda tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talabalar emlanishi nazarda tutilgan.
Nega aynan ular?
Chunki ushbu aholi qatlamining bemorlar bilan bevosita muloqotda boʻlish ehtimoli mavjud. Oʻzbekistonda xavf osti guruhiga mansub aholining umumiy soni 4 mln 112 ming nafarni tashkil etadi.
Kuni kecha emlash tadbirlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahridan boshlandi. Nega? Chunki aynan viloyatlar markazlari va poytaxtda lozim boʻlish ehtimolidan kelib chiqib, malakali yordam koʻrsata oladigan tibbiyot maskanlarining yaqinligi nuqtayi nazaridan shu hududlar belgilab olindi.
May oyida tumanlar va kichik shaharlarda, iyun oyida esa respublikaning qolgan hududlarida emlash tadbirlarini amalga oshirish rejalashtirilgan».