SHuningdek, O'zbekistonning Bishkekdagi elchixonasi bilan o'zaro muloqot natijasida 240 nafar Qirg'iziston fuqarosining chegara orqali o'tishiga ko'maklashildi. SHundan 80 nafari voyaga etmagan bolalardir.

Karantin choralari joriy etilganidan buyon yurtdoshlarimizning davlatlararo chegaralar orqali harakatlanishi bilan bog'liq muammolarni hal etishga ko'maklashish maqsadida elchixonada tashkil etilgan Tezkor shtab faoliyati 24 soatlik tartibga o'tkazildi.

elchixonaning konsullik bo'limiga tashrif buyuruvchilar bilan ijtimoiy masofa saqlash bo'yicha chora-tadbirlar belgilandi.  SHuningdek mamlakatmizda hukumatimiz tomonidan SOVID-19 tarqalishining oldini olish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga yordam ko'rsatish bo'yicha qabul qilinayotgan chora-tadbirlar mazmun-mohiyati vatandoshlarga tezkorlik bilan etkazilmoqda. Bundan tashqari  ijtimoiy tarmoqlardagi kanallar orqali onlayn tarzda hozirgi epidemiologik vaziyatda tartib qoidalarga amal qilish va  ular O'zbekistonga qaytgandan keyin 14 kunlik majburiy karantinda bo'lishlari kerakligi tushuntirilmoqda.

Qirg'iziston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ko'magida O'zbekiston fuqarolarining mamlakatda ro'yxatdan o'tish muddatlarini 1 iyulga qadar uzaytirish va uyga qaytish uchun «yashil yo'lak» yaratish bilan bog'liq muammolar amaliy jihatdan hal qilindi.

Ayni paytda turli sabablarga ko'ra, 800 kilometr uzoqlikda, Qirg'izistonning janubiy viloyatlaridan quruqlik yo'li orqali vatanga qaytish imkoniga ega bo'lmagan fuqarolarning charter reys bilan O'zbekistonga qaytishlariga ko'maklashish maqsadida ular ro'yxatlari shakllantirilmoqda.

Ma'lumot uchun, o'tgan bir sutka davomida Qirg'izistonda  koronavirusga chalinish bilan bog'liq 250 holat qayd etildi. Mamlakat miqyosida virusga chalinganlarning umumiy soni 4 ming 204 tani tashkil qilmoqda. SHundan, 2 ming 112 kishi kasallikdan butunlay sog'aygan, 43 bemor esa vafot etgan.