Xavfsizlik kuchlari tomonidan karantin tartib-qoidalarini buzganlar jismoniy mashqlar yoki quyosh ostida oʻtirish, hatto kaltaklash bilan jazolanmoqda, deydi huquq himoyachilari va guvohlar.
Roberto Vargas oʻz farzandlari bilan Karakasda un sotib olish uchun ketayotgan edi. U yuzidagi terni artish uchun niqobini tushirganda Milliy gvardiya xodimi buni payqadi va unga yana oʻnlab boshqa odamlar bilan yoʻl chetida oʻtirishni buyurdi, deya hikoya qiladi quruvchi.
Mahalliy huquqni himoya qilish guruhlari rasmiylar mamlakatda oziq-ovqat doʻkonlari uchun navbatsiz kirishdan tortib, komendantlik soatlariga boʻysunmaslik kabi qonunbuzarliklar uchun jazo choralarini qoʻllayotganini aytmoqda.