Kasallikdan tuzalganlar endilikda undan keyingi alomatlardan nolishmoqda.
«Men sochlarimning 55 foizini yoʻqotdim va har kuni ular koʻproq toʻkilmoqda», deydi shifoxonadan chiqqanidan bir oy oʻtgach ushbu muammoni payqagan Greys Dadli.
“COVID-19” bemorlarini qoʻllab-quvvatlash guruhining asoschisi, faol Luis Barnsning taʼkidlashicha, guruh aʼzolarining uchdan bir qismidan koʻprogʻi qisman, shu jumladan, uning oʻzi ham shu holatni boshdan kechirgan.
Shifokorlarning fikriga koʻra, bu hodisa koronavirus infeksiyasining asosiy belgilaridan biri - haroratning oshishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.
“Tana haroratining 37,5 dan yuqori boʻlgandagi isitma sabab sochlarning tabiiy oʻsish sikli buziladi va aynan shu ularning toʻkilishiga olib kelishi mumkin”, doktor Aragon Juzeppe.
Umuman olib qaraganda esa mutaxassislar bunday muammoning vaqtinchalik ekanligini taʼkidlashmoqda.