Bu haqda “Kazinform” xabar berdi.
Haydovchining soʻzlariga koʻra, koʻrsatilgan tibbiy buyumlar Rossiya Federatsiyasi hududida sotib olingan, ammo chegarani kesib oʻtishda u tegishli bojxona hujjatlarini rasmiylashtirmagan.
Qozogʻiston Respublikasi Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi kodeksining 551-moddasi boʻyicha maʼmuriy ish qoʻzgʻatildi, dekklaratsiyaga kiritilmagan testlar olib qoʻyildi.
Bundan tashqari, 16-iyuldan 20-iyulgacha boʻlgan davrda, hududda ishchi guruh dori-darmonlarni qimmat narxlarda sotadigan 15 dan ortiq dorixonalarni aniqladi.
Shuningdek, Keles tumanida turar-joy binosida ruxsatnomasiz dori-darmon sotgan va tibbiy xizmat koʻrsatgan fuqaro hibsga olingan. Ushbu faktlar boʻyicha maʼmuriy choralar koʻrish uchun toʻplangan materiallar vakolatli organga yuborildi.