Koronavirusdan emas, yoʻllardagi avariyalardan odamlar koʻp oʻlib ketyapti — Shavkat Mirziyoyev

    Hukumat 26 Yanvar 2022 4963

    — Har oy menga har koʻcha va har mahallada nega YTH boʻlayotgani sabablari haqida hisobot berasizlar. Yoʻllarda xavfsiz harakatlanishga sharoit yaratish, avariya va oʻlim holatlarini keskin qisqartirish, buning uchun, harakatlarni boshqarishni toʻliq raqamlashtirishi zarur.

    Umuman, haydovchilik guvohnomasini oʻqimasdan olish oddiy holga aylanib qoldi, dedi Prezident. — Shuning uchun, avariyalar soni soat sayin oshib bormoqda. Biz oʻqiganimizda 3 yil haydovchilikka oʻqitgan. Hozir darsga bormay pul berib guvohnoma olyapti. Nimaga? Oʻzbekistonda qonun yoʻqmi?

    Shavkat Mirziyoyev bu muammoni bartaraf qilish uchun avvalo oʻqitish tizimini tubdan takomillashtirish, ikkinchidan, oʻqitmasdan va oʻrgatmasdan guvohnoma berish “jinoyati”ga qarshi jazoni kuchaytirish boʻyicha bir oy muddatda qonunchilikka qoʻshimcha kiritish yuzasidan taklif kiritish boʻyicha mutasaddilarga topshiriq berdi.