Oʻlimga koronavirus sabab sifatida koʻrsatilib, murda yoqish uchun morgga oʻtkazildi. Bundan xabar topgan marhum – Ramonning 20 kishidan iborat qarindoshlari jasadni “qutqardi”. Jinoiy ish ochilgach, yaqinlari uning virusdan emas, infarktdan oʻlganini, shuning uchun marhumni oʻz aqidalariga binoan koʻmilishi lozimligini aytdi.

Marhumning qizi televideniyega bergan intervyusida shunday dedi: «Otamiz shifokorlar qoʻygan tashxisdan emas, infarktdan vafot etdi. Agar u virus yuqtirgan boʻlganida edi, oilamizda hech yoʻq bir kishida test musbat chiqishi kerak edi. Bizning test natijalarimiz esa manfiy chiqdi.

Doktorlar otamizning murdasini faqat 5 daqiqaga koʻrishga ruxsat berdi. Biz esa fursatdan foydalanib, uni olib qochdik».

Oilaning boshqa bir aʼzosi esa jasadning koʻmilganini, biroq mozorning qayerda ekanini bilmasligini aytgan. Politsiya esa qabrni izlashda davom etmoqda.