2010-2012-yillarda Qirgʻiziston muftiysi hamda din sohasida koʻp yillar xizmat qilgan buyuk qirgʻiz olimi, Islom ulamolaridan biri Chubak hoji Jalilov shu yilning 11-iyul kuni pnevmoniyadan vafot etgandi.

Marhumning xotirasini abadiylashtirish, ruhini shod etish maqsadida Qirgʻizistonning Jalolobod viloyati Bozorqoʻrgʻon tumani Arslonbob qishlogʻida marhum Chubak hoji Jalilov nomidagi masjid ochildi.