Aksariyat insonlar koronavirusdan keyin tanalarida kasallikning turli asoratlariga guvoh boʻlmoqdalar. Kimdir yaxshi eshitmaydigan, kimdir koʻzi xiraroq tortib qolgani va yana kimdir boshi ogʻriydigan boʻlib qolganidan shikoyat qiladi. Shuningdek, bu kasallikdan soʻng xotira ham susayishi mumkin.
“Zamin.uz” rossiyalik vrach Yuliya Losmanovaning bu holatda nimalar qilish mumkinligi haqidagi maslahatlarini eʼlon qildi.
Kognitiv qobiliyatlarni tiklash uchun mutaxassis nazdida quyidagilar muhim:
«Xotira va eʼtiborni tiklash uchun maʼlum jismoniy mashqlar – barmoq gimnastikasi mavjud. Bu nozik vosita koʻnikmalarini mukammal rivojlantiradi, xotirani tiklaydi, konsentratsiyani rivojlantiradi. Fikrlash jarayonini yaxshilaydi», — deydi u “Govorit Moskva” radiosi efirida.
Shifokor shuningdek, bemorlarga koʻproq oʻqishni, musiqa tinglash va xayolda hisoblashni mashq qilishni maslahat berdi.
Xotiradagi jiddiy muammolar boʻlsa Losmanova mutaxassislarga murojaat qilishni tavsiya qilgan.