Qozogʻiston prezidentining farmoni bilan mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri Yeljan Birtanov vazifasidan ozod qilindi. Bu haqda Oqoʻrda matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ushbu lavozimga Aleksey Soy tayinlangan.

“Soy Aleksey Vladimirovich Qozogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri etib tayinlansin”, - deyilgan farmonda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qozogʻiston sogʻliqni saqlash vaziri Yeljan Biratnov koronavirus yuqtirib oldi va u kasalxonaga yotqizilgani xabar qilingan edi.