Unga ko'ra, surunkali charchoq va mushaklardagi zaiflikdan tashqari, koronavirus infeksiyasidan tuzalganlarning asosiy tahdidi psixologik muammolar bo'lib, bu ayniqsa yoshlarda ko'zga tashlanmoqda.

Virus sog'liq uchun birinchi jiddiy zarba sifatida qabul qilinganidan keyin shunday muammolar paydo bo'ladi, deydi mutaxassis.

“Agar keksa odam surunkali kasalliklar bilan yashasa, yoshlar birdaniga sog'liqning mo'rtligini anglaydi. U kasallikni hayotiga tahdid deb bilmagan bo'ladi”,  deya tushuntirdi u. Shifokor sobiq bemorlarning taxminan uchdan bir qismi sog'aygandan so'ng turli xil sindromlarni boshdan kechirayotganini ta'kidladi. Ularda jismoniy toliqishdan tashqari tashvish, kayfiyat o'zgarishi va uyqusizlik ham kuzatilgan. 20 yoshdan 40 yoshgacha bo'lgan yoshlarda kasallik davomida emosional ta'sirlanish yuzaga keladi.  Bunda tananing har bir signali ko'p hajmda seziladi, dedi mutaxassis.