Koronavirusga chalinganlar damlama bilan davolanyapti

    Vazir o'z qarindoshlarini bu damlama bilan davolaganini aytdi.

    COVID-19 tashxisi qoʻyilgan 300 nafar bemor Issiqkoʻl ildizidan tayyorlangan damlama bilan davolandi, deb maʼlum qildi Qirgʻiziston SSV.

    Mamlakat Sogʻliqni saqlash vaziri Alimqodir Beyshenaliyev matbuot anjumani paytida “uu korgoshuun” (“qoʻrgʻoshinli zahar”) deb ataladigan ildizdan tayyorlangan damlamani ichdi. U taʼkidlashicha, damlama barcha shifoxonalarda bemorlarga beriladi.

    Vazir oʻz qarindoshlarini bu damlama bilan davolaganini aytdi.