Mutaxassislarning qayd etishicha, Omikronda yuzaga keladigan toshmalarning kelib chiqish sabablari allergiya bilan emas, ko'proq virusning ishlash mezanizmi bilan bog'liq. Toshmalar qancha ko'p bo'lsa, bemorning ahvoli og'irligidan darak beradi. Mazkur alomatlar immun tizimidagi muammolar yoki dori vositasining ta'siridan yuzaga kelishi mumkin.
Ilmiy-tadqiqot instituti xodimlarining ta'kidlashicha, teri toshmalari koronavirusga chalinganlarning taxminan besh foizida kuzatiladi. Ular tananing barcha qismida yuzaga kelishi mumkin. Kaftlar, barmoqlarda ham o'zini namoyon qiladi.
Mutaxassislar sog'aygandan so'ng mazkur alomatlar kuzatilganida darhol shifokorga murojaat qilish lozimligini ta'kidlashmoqda.