Rossiya Federatsiyasida sentyabr-oktyabr oylarida koronavirusga qarshi ommaviy emlashni boshlash rejalashtirilgan. Tibbiyot fanlari doktori, immunolog Vladislav Jemchugov odam qanday sharoitlarda emlashni rad etishi mumkinligi haqida Sputnik radiosiga aytdi.

Yuqori tana harorati va ORVI kasalligi alomatlari boʻlgan odamlarga inyeksiya qilish kerak emas. Bundan tashqari, bir kun oldin spirtli ichimlik ichgan odamlar ham uni qabul qilmaydi. Emlashdan kamida bir kun oldin spirtli ichimliklardan voz kechishingiz kerak.

Vladislav Jemchugov, shuningdek, inyeksiyadan oldin nimaga eʼtibor qaratish kerakligini maslahat berdi.

«Vaksinaning amal qilish muddatini soʻrashingiz, u saqlanadigan muzlatgichda haroratni koʻrishingiz kerak. Sovutgichda u +4 darajadan yuqori boʻlmasligi lozim. Shuningdek, shifokor tibbiy qoʻlqop kiyganmi yoki yoʻqligini, uning bir martali ishlatiladigan shprisni toʻgʻri ishlatishini tekshirish zarur. Umuman olganda, emlash nafaqat hamshira, balki shifokor tomonidan ham amalga oshirilsa maqsadga muvofiq boʻladi», — deya taʼkidladi shifokor.