“Yangi koronavirus varianti (BA.2.86) “pirola” avval aniqlangan “omikron” variantlariga nisbatan bir qancha qo'shimcha mutatsiyalarga ega va o'zidan oldingilariga qaraganda yuqumli”, – deyiladi xabarda.
Shvetsiya va Xitoyda o'tkazilgan laboratoriya tadqiqotlarining birinchi natijalari omikron bilan bog'liq vaziyatning takrorlanishini kutish uchun asos yo'qligini ko'rsatayotgani ta'kidlandi.
Avvalroq Turkiyada koronavirusning yana bir yangi turi – “eris” aniqlangan edi. Virus kamida to'qqiz kishida qayd etilgan, deb xabar beradi mir24.tv.