— Aslida koronavirus infeksiyasini tarqalishi infeksiyani mutatsion shtammlari paydo boʻlishini keltirib chiqaradi deb biz bot-bot qaytaramiz. Bu degani yangi shtamm paydo boʻlsa eski turi yoʻqoladi degani emas, yaʼni birlamchi paydo boʻlgan virus turi ham tarqalishni davom etaveradi.

Koʻp holatlarda koronavirus tasdiqlangan bemorlarda kasallik kechuvi va yuzaga chiqayotgan klinik belgilari asosida shifokorlar taxmin qilishlari mumkin. Lekin, kasallik birlamchi koronavirus oqibatida yoki boshqa biror mutatsion shtamm oqibatida kuzatilayotganini quyidagi usullarda tasdiqlanadi:

PZR-test usulida koronavirus infeksiyasi bemorlarning organizmiga virus tushganini bildiradi va bu usulda virusning yuklamasi qanchaligini bilish mumkin.

Virusni mutatsion shtammlarini aniqlash uchun esa bu testdan tashqari qoʻshimcha ravishda maxsus skrinirovaniye usuli oʻtkaziladi, bu qoʻshimcha usulda koronavirusning qaysi shtammi ekanligini bilish mumkin.

Koronavirusni qaysi turi yoki mutatsion shtammi kuzatilishi ularning kechuvi va klinik belgilariga qarab hamda laborator tekshiruvlardan farqlash mumkin. Bugungi kunda tarqalayotgan kasallanishlarda koronavirusning mutatsion shakllarini yengilroq kechuvi ham bor, ogʻir va jadal oʻta ogʻir darajaga oʻtuvchi shtammlari ham bor.

Shunga bugungi kunda qanday shtamm boʻlmasin bu kasallik bilan kasallangandan koʻra, oldini olish va vaksina bilan himoyalanish juda zarur.