Koronavirusning Delta shtammi barcha holatlarning 99 foizini tashkil qiladi va butun dunyo bo‘ylab dominant variantga aylanmoqda.
Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti texnik direktori Mariya Van Kerxove ma'lum qildi, deb yozadi CNBCga tayanib zamon.uz.
Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab so‘nggi 60 kun ichida qayd etilgan 900 ming koronavirus holatlarining deyarli barchasi Delta shtammiga tegishli.
Tashkilot vakiliga ko‘ra, Yevropada koronavirusdan o‘lim ko‘paygan.
Dunyoda esa so‘nggi to‘rt haftada ketma-ket COVID-19 bilan kasallanganlar soni ortgan. Bu holat bevosita mazkur shtammning dominantga aylanayotgani bilan bog‘liq.