Yaponiya Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy himoya vazirligi maʼlumotiga koʻra, oʻtgan 1 haftada 30 mingdan ortiq 20 yoshgacha boʻlgan (shundan 10 mingdan ortigʻi 10 yoshdan kichik boʻlgan) bolalar kasallangan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan oyga nisbatan 5.5 baravar koʻp degani.
Mamlakatda umumtaʼlim maktablari faoliyatini vaqtinchalik toʻxtatib turishga oid chaqiriqlar kuchaygan.
Hukumat esa, hozircha bunday reja mavjud emasligini bildirmoqda.