Ekspert odam ikkita shamm bilan kasallanishi mumkinligini, lekin bir hafta o'tib, immunitet kuchayib borishini ta'kidladi.
“Bitta shtamm bilan kasallangandan so'ng, bir haftadan so'ng, hatto, uch-to'rt kundan keyin immunitet kuchayadi. Xususan, interferon tizimi 48 soat o'tib ishlay boshlaydi. Shu bois ikkinchi shtamm bilan kasallanish mazkur infeksiyaning kuchaytishiga sabab bo'lmaydi”, deya ta'kidladi mutaxassis.
Uning so'zlariga qaraganada, bir nechta mutatsiyalar bilan kasallanish holatalari kamdan-kam holatlarda kuzatiladi. Agar bu holat uchragan taqdirda ham kasallik kechishiga ta'sir ko'rsatmaydi, deyiladi m24.ru saytida.