Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda va bu boradagi saʼy-harakatlar qatʼiy, ortga qaytmas tus olgan.
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni”ga bagʻishlangan “Korrupsiya – rivojlanishimizga toʻsiq” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Yoshlar ishlari agentligi masʼul xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda korrupsiya davlat va jamiyat farovonligi uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biri ekani qayd etilib, ushbu illat keltirib chiqaradigan oqibatlar aniq misollar orqali tahlil qilindi. Shuningdek, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bugungi kunda nihoyatda dolzarb masala boʻlib, bu borada nafaqat masʼul idoralar, balki keng jamoatchilik ham hamjihat va hamfikr boʻlmogʻi maqsadga muvofiq ekanligi taʼkidlab oʻtildi.
Eʼtirof etilganidek, mamlakatimizning kelajagini va obroʻ-eʼtiborini qadrlaydigan har bir fuqaro korrupsiya tahdidining zararli oqibatlarini doimo esda tutmogʻi va unga qarshi kurashmogʻi shart.
Alisher Nazarov,
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini
boshqarish boʻlimi boshligʻi