2021-yil 18-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirilishi munosabati bilan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ–729-sonli qonun imzolandi.

 Kiritilgan qo'shimchalarga ko'ra, Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari korruptsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishini o'rganish va tahlil qilish uchun jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirishga, hujjatlar bilan tanishishga haqli ekanligi belgilandi.

Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan har yili korruptsiyaga qarshi kurashish to'g'risidagi milliy ma'ruzani Oliy Majlisga taqdim etadi.

endilikda korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar to'g'risida axborot berayotgan shaxslarning qarindoshlari ham davlat himoyasida bo'ladi (ilgari faqat xabar bergan shaxslar nazarda tutilgan.)

 Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi, deb xabar breadi Adliya vazirligi matbuot xizmati.