Taʼkidlanishicha, u Qarshi tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan maxsus texnikalar yordamida “Qashqadaryo” daryosi atrofidan noqonuniy ravishda qum qazib olayotganlik holatini aniqlab, unga nisbatan chora koʻrmaslik va ushbu noqonuniy holat yuzasidan jarima maydonchasiga joylashtirilgan ekskavator-yuklagich texnikasini chiqarib berish, shuningdek, kelgusida qum qazib olishida rahnamolik qilish evaziga 3 ming AQSH dollari olgan vaqtda ushlangan.
Hozirda holat yuzasidan ushbu mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi.
Boshqa holatda esa Surxondaryo viloyatidagi qurilish obyektlarida nazorat oʻlchov faoliyatini amalga oshiruvchi MCHJning yetakchi mutaxassisi Jizzax viloyatida qurilish faoliyati bilan shugʻullanuvchi MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan joriy yilning may oyida prokuratura organlari tomonidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida, ushbu MCHJ tomonidan Yangiobod tumanida amalga oshirilgan qurilish ishlari boʻyicha oʻtkazilgan nazorat oʻlchovida aniqlangan qoʻshib yozish holatlarini tekshiruv xulosasida koʻrsatmaslik hamda tanishlari orqali tergov jarayonlarida yengillik yaratib berish evaziga 400 mln soʻm talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda yetakchi mutaxassis talab qilingan pul mablagʻidan 150 mln soʻm olgan vaqtida ushlandi.
Holat boʻyicha qonunbuzarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari hamda 28,211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi.