Unga muvofiq, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzurida Jamoatchilik nazoratini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etildi. Jamgʻarma hisobidan quyidagilar amalga oshiriladi:

davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini taʼminlashga oid materiallarni tayyorlash;

NNTlar, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini taʼminlashga qaratilgan loyihalariga grantlar ajratish, bu borada oʻtkaziladigan tadqiqotlar, ijtimoiy soʻrovlarni moliyalashtirish;

davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligi mavzusida konferensiya, seminar, simpozium, treninglar oʻtkazish hamda broshyura, buklet, kitob, toʻplam va boshqa axborot-maʼrifiy materiallarni tayyorlash va nashr etish, sohada oʻquv-namoyish uchastkalarini yaratish;

kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini, shu jumladan xorijda oshirish;

fuqarolarning korrupsiya haqida tezkor xabar berish imkonini beruvchi tunu-kun faoliyat yuritadigan Agentlikning “Call-markaz” faoliyatini moliyalashtirish va boshqalar.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining Jamoatchilik nazoratini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.