Mamlakatimizda IV Toshkent Aksilkorrupsiya forumi boʻlib oʻtmoqda. Bu yilgi Forum Finlyandiya, Gruziya, Qozogʻiston, Koreya, Litva, Malayziya, AQSH, Ozarbayjon, Xitoy, Gonkong, Tojikiston kabi davlatlarning antikorrupsiya idoralari, bir qator xalqaro tashkilotlar rahbariyati va xodimlari, xalqaro ekspertlar hamda fuqarolik jamiyati vakillarini oʻzida jamladi.
IV Toshkent aksilkorrupsiya forumi doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasiga faol hissa qoʻshib kelayotgani uchun quyidagilar alohida eʼtirof etildi:
- “Komplayens-nazorat” tizimini samarali joriy etgan tashkilot sifatida — Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
- Faoliyat ochiqligi va shaffofligini taʼminlashdagi saʼy-harakatlari uchun — Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi
- Korrupsiyaga qarshi kurashishda faol ishtirok etayotgan OAV sifatida — “Oʻzbekiston 24” telekanali “Yangliklar” tahririyati
- Korrupsiyaga qarshi kurashishga hissa qoʻshgan jurnalist sifatida — Musulmonbek Ibrohimov
- Eng faol korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy kengashi