Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Fargʻona shahar boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan D.Gʻ. fuqaro M.S.ni “U.S.” qoʻshma korxonasiga ishga kiritib qoʻyish evaziga 1 600 AQSH dollarini qoʻlga kiritib, yana 200 AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.