Nukus tumanlararo iqtisodiy sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor “Avtotrans Chimboy” MCHJdan undiruvchi “Ipotekabank” foydasiga 19 mlrd. 761 mln. kredit va uning 2 mlrd. 76 mln. soʻm foizi va 800 ming soʻm penya undirish, hamda undiruvni “Avtotrans Chimboy” MCHJga tegishli garovga qoʻyilgan 100 dona “Isuzu” rusumli avtotransport vositalariga qaratish belgilangan.
Ushbu ijro hujjati Byuroning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi ish yurituviga kelib tushib, ijro ishi qoʻzgʻatilgan.
Ijro hujjatining ijrosini taʼminlash maqsadida boshqarma inspektori tomonidan garovga qoʻyilgan mulklardan 18 tasi xatlovga olinib, saqlash uchun qarzdor “Avtotrans Chimboy” MCHJ rahbariga topshirilgan.
Xatlangan mulklarni elektron onlayn-auksion savdo maydonchasi orqali sotish maqsadida, 16.02.2024 yili boshqarma inspektori tomonidan “E-Auksion” platformasi orqali elektron buyurtma berilgan.
Hozirgi kunda qolgan 82 ta garovdagi mulklarni sotuvga chiqarishga qaratilgan ijro harakatlari davom ettirilmoqda.
Bundan tashqari, ushbu korxonaning barcha hisob raqamlari xatlovga olingan.
Ijro harakatlari davrida, korxonaning 2 mlrd. 448 mln. soʻm muddati oʻtgan foiz qarzdorligi toʻlangan, 1 mlrd. 699 mln. soʻmlik qarzdorlik undirilgan.
Hozirda qolgan qarzdorliklarni undirish yuzasidan ijro harakatlari davom ettirilmoqda.