Koson tumanining “Guvalak” mahallasida yashovchi 26 yoshli Elsariyeva Ugʻiloy birvarakayiga 3 egizak farzandlarni dunyoga keltirdi. Egizaklarning tugʻilishi 8-iyul kuni soat 7:30 da Koson tuman FHDY boʻlimi tomonidan qayd qilinib, tugʻilganlik guvohnomalari topshirildi.
Taʼkidlanishicha, tugʻruq tabiiy yoʻl asosida, asoratsiz oʻtkazilgan. Egizaklarning kattasi 1.200 kilogramm, ikkinchisi 2,260 kilogramm va uchinchisi 1.130 kilogramm vazn bilan tugʻilgan boʻlib, ularga Shavkat, Miromon va Mirziyo ismlari qoʻyilgan.
Oila vakillari ayni paytda goʻdaklarning ahvoli yaxshiligini, ona va bolalar hali ham viloyat perinatal markazida shifokorlar nazorati ostida ekanligini maʼlum qilishdi.
Malumot oʻrnida: 2022-yilning 6 oyi davomida Koson tumanida 3421 ta chaqaloq dunyoga kelgan. Shundan 1746 tasi oʻgil bola, 1675 ta qiz bolaga toʻgʻri keladi.