U bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Namangan viloyati Kosonsoy, Chortoq va Yangiqoʻrgʻon tumanlarida 2021-2022-yillar hosilidan qisqartiriladigan gʻalla maydonlariga qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirishning prognoz koʻrsatkichlari;
  • Namangan viloyati Kosonsoy, Chortoq va Yangiqoʻrgʻon tumanlarini 2021-2022-yillarda bogʻdorchilik va uzumchilik yoʻnalishlariga hamda sabzavot, kartoshka, dukkakli va moyli ekinlarga ixtisoslashtirish koʻrsatkichlari;
  • Namangan viloyati Kosonsoy, Chortoq va Yangiqoʻrgʻon tumanlarida 2021-2022-yillarda oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish, qayta ishlash va eksport hajmlarini oshirish prognoz koʻrsatkichlari;
  • Namangan viloyati Kosonsoy, Chortoq va Yangiqoʻrgʻon tumanlarida 2021-2022-yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan qayta ishlash tashkilotlari, muzlatkichli omborxona va issiqxona loyihalarining manzilli roʻyxati.

Namangan viloyatining mazkur tumanlarida sertifikatlangan sabzavot, dukkakli va moyli ekinlar urugʻlarini hamda mevali daraxt va tok koʻchatlarini yetishtiruvchi fermer xoʻjaligi va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan toʻlanadigan yer soligʻi 3 yil muddatga 50%ga kamaytiriladi. 2021-yil 1-fevraldan koʻrsatilgan xarajatlarni moliyalashtirish uchun milliy valyutada ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz stavkasining MBning asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 10 foiz punktidan koʻp boʻlmagan qismi, shuningdek, xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz stavkasining 30%igacha, lekin 3 foiz punktidan koʻp boʻlmagan qismi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

Elmira Siraziyeva.