Qayd etilishicha, bugun ertalab soat 07:30 larda mazkur mahalladagi Navbahor ko‘chasidagi xonadonlardan birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan.

Oqibatida 4 nafar fuqaro tan jarohatini olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. 

Ayni vaqtda chaqnash oqibatlari bartaraf etilmoqda.

Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, prokuratura hamda “Hududgazta’minoti” hodimlari yetib kelishgan.