Kosonsoy tumani “Yangiyoʻl” mahallasida yashovchi 1924-yilda tugʻilgan Isoxon ota Sottixonovning ibratli va jasoratli umr yoʻli yoshlarimizga hamisha ibrat va namuna boʻlib kelgan. Isaxon ota 1947-yilda urushdan qaytgach xalqimiz xizmatidan charchamadi.

Viloyat hokimi urush faxriysiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tabriknomasini oʻqib eshittirdi, Prezident sovgʻasini topshirdi.

Shuningdek, Isoxon otaga pul mukofoti, qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.

Koʻrsatilgan eʼtibor va eʼzozdan mamnun boʻlgan otaxon duoga qoʻl ochib, minnatdorchilik bildirdi.

Kosonsoy tumani hokimligi